22 May
image

Ipoteka va ta'lim kreditlari: qanday yangiliklar joriy etildi va qancha muddatga

O‘zbekistonda aholini imtiyozli kreditlash bo‘yicha yettita ijtimoiy dastur mavjud.

Ipoteka va ta’lim kreditlari bo’yicha foiz stavkalari istisno tariqasida bir xil bo’lib qoladi.
Bu haqda O‘zbekiston Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi Lex.uz sayti prezident Shavkat Mirziyoyevning 8 apreldagi qaroriga tayanib xabar berdi.
Shunday qilib, ipoteka krediti bo’yicha stavka 13%, ta’lim krediti bo’yicha – 10% darajasida qolmoqda.
Bu qaror birinchi navbatda yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj odamlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan. Foiz stavkalarini saqlab qolishdan ikkinchi maqsad yoshlarga oliy ta’lim olish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishdir.
O‘zbekistonda aholini imtiyozli kreditlash bo‘yicha yettita ijtimoiy dastur mavjud. Ularni joriy yilning mart oyida O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi axborot xizmati rahbari Xadiya Abdullayeva taqdim etgan edi. Ro‘yxatga yoshlar, ayollar va oilalarni, shuningdek, fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dasturlar kiritildi.