06 Iyul
image

Muomaladagi naqd pul miqdori 36,8 trillion so‘mdan oshdi

So‘nggi paytlarda bankomatlarda naqd pul yo‘qligi sababli Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi oydan oyga oshib bormoqda.

Muomaladagi naqd pul qoldig‘i aprel oyida 5,3 trillion so‘mga, may oyida esa 3,7 trillion so‘mga oshib, natijada 1 iyun holatiga 36,9 trillion so‘mga yetdi.

Umuman olganda, keng tarqalgan pul massasi rekord darajaga (+13,3 trillion so‘m) o‘sib, 158,5 trillion so‘mga yetdi. Shuningdek, milliy valyutadagi jami pul massasi 6,9 trillion so‘mga oshib, 108,2 trillion so‘mni, xorijiy valyutadagi depozitlar qoldig‘i (ekvivalentida) esa 6,3 trillion so‘mga oshib, 50,3 trillion so‘mni tashkil qildi.

Kalit so'zlar